Tez-tez so‘raladigan savollar (FAQ)
Active Home xizmatlari haqida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar
Platforma e’lonlarni moderatsiya qiladi va firibgarlikning oldini olishga harakat qiladi. Biroq, bitim tuzishdan oldin ko'chmas mulk hujjatlarini mustaqil ravishda yoki professional huquqshunos yordamida tekshirishingiz qat'iy tavsiya etiladi.
Oddiy foydalanuvchilar uchun dastlabki e'lonlarni joylashtirish bepul (limit doirasida). E'loningizni tezroq sotilishini ta'minlaydigan "TOP" yoki "Premium" xizmatlar esa pullik asosda taqdim etiladi.
Xizmatlar mustaqil mutaxassislar (ustalar va qurilish brigadalari) tomonidan ko‘rsatiladi. Active Home platformasi mijoz va usta o'rtasida qulay vositachi vazifasini bajaradi va muloqotni osonlashtiradi.
Platformaning pullik xizmatlari uchun onlayn to‘lov tizimlari (Payme, Click) orqali to‘lov qilish mumkin. Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi bitim to'lovlari esa tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Agar sizga ko'rsatilgan xizmat sifati yoqmagan bo'lsa yoki e'londa noto'g'ri ma'lumot berilgan bo'lsa, saytdagi "Shikoyat" bo‘limi yoki mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazi orqali murojaat qoldirishingiz mumkin. Har bir holat alohida o'rganib chiqiladi.
Ha, siz istalgan vaqtda shaxsiy kabinetingiz sozlamalari orqali yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov yuborish orqali akkauntingizni o‘chirishingiz mumkin. Akkaunt o'chirilganda barcha shaxsiy ma'lumotlaringiz tizimdan to'liq olib tashlanadi.
Savolingizga javob topmadingizmi? Bizga yozing